So’nggi yangiliklar

20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0

07 avg 19:30
Yangiliklar

Boks/MMA

Fyuri, Korme yoki Zuluzino? Jang sanatlarining eng semiz erkaklari TOP-8

Teglar :  Tayson Fyuri
Reyting: jang sanatlarning eng semiz erkaklari.

1-o'rin

Daniel Korme

Barcha davrlarning eng yaxshi UFC jangchilaridan biri, yarim og'ir va og'ir vazn toifasidagi ikki karra chempion hech qachon kelishgan qomatga va sport formasiga ega bo'lmagan. Aksincha, kichik bo'yi va ortiqcha vazni tufayli Korme anchayin semiz ko'rinardi. Ayniqsa, Danielning og'ir vazndagi chiqishi paytida: u dieta tutmaydii va bel va qorin qismlarida to'plangan qo'shimcha kilogramlar bilan jangga boradi. Ammo shu bilan birga, bu mehribon semiz odam faoliyati davomida jang sanatining monstrlari ustidan g'alaba qozongan, u bilan juda kam odam maqtana oladi.

2-o'rin

Tayson Fyuri

WBC yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni Tayson Fyuri hech qachon mukammal ko'rinishga ega bo'lmagan. Aksincha, uning qorni va noqulay tanasi ham hayratda: u qanday qilib bunday vazn va gavda bilan eng yuqori darajada ringga chiqishga muvaffaq bo'ldi? Britaniyalikning o'zi uning maksimal vazni 180 kilogrammni tashkil etganini aytdi. Albatta, bunday vazn bilan u hozirgidek muvaffaqiyatga erishmagan bo'lardi, lekin ayni paytda uni professional sportchiga o'xshaydi, deb aytib bo'lmaydi. U Joshua yoki Uaylderning qomatidan yiroq, ammo bu uning ajoyib tezligi va oyoq harakatlarini namoyish etishiga mutlaqo to'sqinlik qilmaydi. Va shuning uchun Fyuri zamonamizning eng yaxshi bokschilaridan biri hisoblanadi.

3-o'rin

Mark Xant

UFC'ning yana bir jangchisi, ortiqcha vazn haqida umuman tashvishlanmadi - bu Mark Xant. Bu yigit sportchinikiga umuman o'xshamaydigan qomatga ega edi, lekin shu bilan birga u juda yuqori saviyada jang qildi va takrorlanmas xarizmasi bilan maqtana olardi. Hozirda Mark Dana Uayt bilan huquqiy urush boshlagan.

4-o'rin

Endi Ruis

Meksikalik bokschi 2019 yilning yozida, ko'pchilik uchun kutilmaganda og'ir vazn toifasida uchta kamar sohibi Entoni Joshuani nokautga uchratganidan so'ng mashxurlik cho'qqisiga chiqdi. Joshua va Ruis tarozida uchrashganida ularning tashqi ko'rinishidagi farq shunchaki hayratlanarli edi:  Entoni Joshua hech qanday parhez bilan o'zini qiynamaydigan va suratga tushayotganda qornini tortishga harakat qilgan yigit bilan jang qildi. Ammo, hamma ishonganidek, ortiqcha vazn meksikalik uchun to'sqinlik qilmadi. U yaxshi harakat qildi, qattiq zarba berdi va natijada uch yo'nalishda jahon chempionlik kamarlarini qo'lga kiritdi.

5-o'rin

Derrik Lyuis

UFC jangchisi Derrik Lyuis ham mazali ovqatlanishni tanlaganlardan biridir. UFC og'ir vazn chegarasi 120 kggacha bo'lsa-da, qora yirtqich hayvon bir necha bor vazn tashlashdan bezovta ekanligini takidlagan. Ha, tarozi bu raqamlarni ko'rsatishi uchun Derrik o'zini cheklashi kerak va bu unga yoqmaydi. Lyuis oktagonda ortiqcha vazn tufayli qiynalyapti, biroq bu vaznlar Derrikni  mashhur qilgan kuchni ham beradi: Lyuis UFC muddatidan oldin erishilgan g'alabalar soni bo'yicha rekordchi – 14 ta.

6-o'rin

Roy Nelson

Nelson UFC'dagi eng semiz jangchilardan biri edi. Ammo Roy o'zining katta qornidan hech qachon uyalmasdi va bezovta bo'lmasdi. Nelson 2009 yilda UFC'ga kirdi va garchi u barni endigina tark etgan odamga o'xshasada sakkiz yil davomida dunyodagi eng yaxshi tashkilotda jang qildi. Roy bu qadar ortiqcha vazniga qaramay, og'ir vazn toifasidagi barcha kuchli nomlar, jumladan, turli vaqtlardagi sobiq chempionlar bilan jang qilgan: Frank Mir, Daniel Korme, Stipe Miochich, Fabrisio Verdum, Junior dos Santos.

7-o'rin

Zuluzino

Braziliyalik gigant Zuluzino 2000 yillarning o'rtalaridan beri Pridedagi chiqishlari bilan jang sanati muxlislariga tanilgan. 2005 yil 31 dekabrda 176 kilogramm vaznli Zuluzino Fedor Emelyanenko bilan ringda uchrashdi. So'nggi imperator braziliyalikni ilk mag'lubiyati bilan siyladi, ammo Zuluzinoning faoliyati bugungi kungacha davom etmoqda, garchi u bir muddat sportni tark etgan bo'lsa ham. O'tgan yili u Minskda kikbokschi Petr Romankevich bilan jang o'tkazib, tarozida 200 kilogrammgacha bo'lgan raqamlarni ko'rsatdi.

8-o'rin

CHjan CHjiley

Boks bo'yicha og'ir vazn toifasida vaqtinchalik WBO chempioni CHjiley ajoyib tana tuzilishiga ega: xitoylik bokschining bo'yi 198 sm va og'irligi deyarli 130 kg. Bunday ko'rsatkichlar bilan, albatta, super-atlet bo'lish qiyin, CHjanning yon tomonlarida ortiqcha vazn  osilib turadi va press o'rniga uning qorni ko'rinadi. Ammo bu uning ajoyib natijalar ko'rsatishiga to'sqinlik qilmaydi: so'nggi jangda u Jo Joysni mag'lub etdi va vaqtinchalik jahon chempioniga aylandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing