30 avg 15:36
Yangiliklar

Fyuri kuzatgan jangda Dyubua raqibini nokautga uchratdi va kamarini himoya qildi
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda dunyo promouterlari tomonidan imkoniyatlari ancha yuqori baholanayotgan 22 yoshli Daniel Dyubua niderlandiyalik Rikardo Snaydersga qarshi ringga ko'tarildi.
Birinchi raundning o'zida Dyubua raqibini uch bora nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Ikkinchi raundda ham vaziyat o'zgarmadi. Navbatdagi hisob ochilishidan so'ng referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
SHu tariqa, britaniyalik bokschi Daniel Dyubua o'ziga tegishli bo'lgan WBO International kamarini himoya qildi. Juda katta ehtimol bilan Dyubuaning keyingi raqibi britaniyalik yana bir bokschi, Olimpiada sovrindori Jozef Joys bo'ladi. Bugungi jangni bevosita ring chetida WBC chempioni Tayson Fyuri kuzatib bordi.
Fikrlar