29 okt 12:00
Yangiliklar
Fyuri Ngannudan qabul qilib olgan nokdauniga munosabat bildirdi
Kamerunlik MMA yulduzi jangning uchinchi raundida nomdor raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ygan va buning natijasida referi hisobni ochishga majbur bo'lgandi. Fyuri kamerunlikdan qabul qilib olgan o'sha nokdauniga munosabatini bildirdi.
"Bu narsa scenariyda aniq yo'q edi. Frensis juda noqulay jangchi, kuchli pancher va biz kutganimizdan ham yaxshi boks namoyish etdi. Aynan Ngannu menga so'nggi 10 yillik faoliyatimdagi qiyin va murakkab jangni taqdim eta oldi. Nokdaun? Aytarlik hech gap yo'q. Meni yana qarshi hujumda tutib olishdi. O'tkazib yuborilgan zarbadan keyin men o'rnimdan turdim. O'n bir oylik ringdan tashqaridagi tanaffus ham o'z so'zini aytdi. O'zimni oqlash uchun hech qanday sabab ko'rmayapman. Uzoq muddatli mashg'ulot lagerini o'tadim. Endi tezroq uyga qaytib, shunchaki dam olmoqchiman. Keyin esa mavridi bilan rejalarni muhokama qilib olamiz, — dedi Fyuri.
Fikrlar