31 avg 13:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Uaylder bilan emas, Joshuaga qarshi jang o'tkazmoqchimi?
WBC yo'nalishi chempioni Tayson Fyuri navbatdagi jangini Uaylderga qarshi o'tkazishiga ishonchi komil emas.
"Agar Deonteyga qarshi jang baribir amalga oshmaydigan bo'lsa, dekabr oyiga Joshuani olib keling. Men jangga tayyorman. Keling ushbu jangni tashkil etamiz. Unga qarshi bugunoq ringga chiqishga tayyorman. Men muammolarsiz uni mag'lub etaman.
Uaylder jangga rozi bo'lmasa, nima bo'lishini bilmayman. Povetkin majburiy davogar. Ko'ramiz, voqealar rivoji qanday ko'rinish olarkin.
Balki men WWE'ga o'tarma6. Barcha narsa bo'lishi mumkin. Bilishim bo'yicha Dryu Gellouey meni jangga chorlagan", - dedi Tayson Fyuri.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar