11 okt 16:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Uaylderga qarshi to'rtinchi jangga rozi
Tayson Fyuri Deontey Uaylderga qarshi to'rtinchi bor jang qilishi mumkinligini malum qildi.
"Uaylder bilan to'rtinchi jangni bekor qilmaslik kerak. Men u bilan boks tushishga qarshi emasman. Bu ajoyib jang. Agar u yana majburiy davogarga aylansa va men Usik bilan jang qilmasam, Uaylder bilan yana jang qilamiz. Kim ham bu jangni ko'rishni xohlamaydi?", - dedi Fyuri.
Fyuri va Uaylder oxirgi bor 2021 yil oktyabr oyida Las-Vegasda (AQSH) jang o'tkazishgan. 11-raundda to'xtatilgan ushbu qarama-qarshilikda britaniyalik bokschi nokaut evaziga g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar