29 sen 19:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Uaylderning to'rtinchi jang haqidagi taklifiga o'z uslubida javob berdi
Superog'ir vaznda WVC chempioni Tayson Fyuri Deontey Uaylderning u bilan to'rtinchi jang o'tkazish taklifiga munosabat bildirdi.
Avvalroq, Uaylder Taysonga qarshi to'rtinchi bor ringga chiqishini malum qilgan edi. Fyuri esa Instagram sahifasida bunga o'z uslubida javob berdi.
"Bu yigit yana bir bor adabini berishimni kutmoqda", — deb yozadi Fyuri.
Malumot uchun, Fyuri va Uaylder o'zaro uch marotaba to'qnash kelgan. Birinchi jang durang bilan yakunlangan bo'lsa, keyingi ikkitasida esa Tayson muddatdan oldin g'alaba qozongan.
Eslatib o'tamiz, Uaylder navbatdagi jangini 15 oktyabr kuni Robert Xeleniusga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar