09 jan 14:02
Yangiliklar
Fyuri – Usik turniri uchun yana bir chempionlik jangi qo'shildi
Oqshomning asosiy jangi superog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun kechadi. Unda WBC chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri qolgan barcha kamarlari sohibi ukrainalik Aleksandr Usikka qarshi ringga ko'tariladi.
Tashkilotchilar ushbu boks oqshomi uchun yana bir chempionlik jangini elon qilishdi. Ikkinchi yarimengil vazn (59 kg) toifasida IBF chempioni, britaniyalik 32 yoshli Jo Kordina (17-0, 9 KO) o'z kamarini 34 yoshli hamyurti Entoni Kakache (21-1, 7 KO)dan himoya qiladi.
Malumot uchun, Kordina 2017 yilda professional ringda debyut qilgan. 2022 yilning iyunida yaponiyalik Kenichi Ogavani nokautga uchrtib, faoliyatidagi ilk kamarni qo'lga kiritgandi. Ammo keyinchalik bu chempionlik kamarini vakant qoldirgan edi. 2023 yilning aprelida u tojikistonlik SHavkat Rahimovga faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni taqdim etdi. Noyabr oyida esa o'sha kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Fikrlar