07 may 09:48
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/38247_220.jpg)
Fyuri va Briggs Instagram orqali jang o'tkazish bo'yicha kelishib olishdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempionlari - Tayson Fyuri va SHennon Briggs sentyabr oyida o'zaro jang o'tkazish bo'yicha kelishib olishdi.
Etiborlisi, og'zaki kelishuvga Instagram tarmog'i videochatida o'tkazilgan muloqot chog'ida erishilgan. Fyuri o'z muxlislari bilan suhbatlashayotgan bir paytda Briggs ham muloqotga qo'shilgan. Vaziyatdan foydalanib qolgan Briggs Fyuridan qachon jang o'tkazishlari mumkinligi haqida so'ragan.
Tayson bunga javoban sentyabrda, - deb javob bergan. SHundan so'ng Briggs bilan muloqot uzilib qolgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar