08 okt 13:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyurining navbatdagi jang sanasi malum
Superog'ir vazn toifasida WVC chempioni Tayson Fyuri tez orada navbatdagi raqibi haqida bir qarorga kelishi kerak.
Britaniyalik bokschi navbatdagi jangini 3 dekabr kuni Kardiff shahrida o'tkazadi.
Jurnalist Maykl Benson "Lo'lilar qiroli”ning so'zlariga tayangan holda, Fyuri navbatdagi raqib nomini shu hafta oxirigacha elon qilishini aytdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Tayson Fyuri sobiq chempion Entoni Joshua bilan jang tashkil etish borasida muzokaralar olib borayotgandi. Biroq yakunda promouter Eddi Xirn jang barbod bo'lganini malum qildi.
WVC chempioni Fyurining otasi, shuningdek, Endi Ruiz, Luis Ortis va Filip Xrgovich raqib sifatida ko'rilayotganini aytdi.
Bundan tashqari, Manuel CHarr Fyuri bilan jang qilishini aytgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar