24 iyu 08:41
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/224095_220.jpg)
Fyurining otasi Joshuaga murojaat qildi
Superog'ir vaznda WBC chempioni Tayson Fyurining otasi Jon Fyuri Aleksandr Usikka qarshi revansh jangi oldidan Entoni Joshuani qo'llab-quvvatladi.
"Entoni g'alaba qozonishini istardim. Unga to'g'ri yo'l ko'rsatadigan inson kerak. Bunga doim tayyorman. U bizga ajoyib boks oqshomlarini taqdim etdi. Hech qachon qochmadi va doimo jang qildi. Entoni har doim har qanday raqibga qarshi kurash olib bordi. Ha, u yutqazgan. Lekin shunga qaramay u jang qildi, to'g'rimi?
Bu insonni hurmat qilish kerak. Joshua yosh va ishonchim komilki, hozirgi jismoniy holati bilan uchinchi marta chempionlikni qo'lga kiritadi. Keyin kim bilsin, balki u Taysonni ringga qaytara olar. Omad Entoni, sen yaxshi yigitsan!" — Jon Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Entoni Joshua va Aleksandr Usik o'rtasidagi revansh jangi 20 avgust kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar