07 sen 16:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyurining promouteri: "Bugun Joshua bilan jang uchun taklif yuboramiz"
Frenk Uorren Tayson Fyurining Entoni Joshua bilan jangga qiziqayotganini tasdiqladi.
"Bu Joshuaning jahon chempioni Tayson Fyuriga qarshi jang orqali yana elitalar darajasiga qaytishi uchun olg'a qadam bo'ladi. U jang qilishga tayyor, shu sababli bugun biz unga taklif yuboramiz.
Joshuaning o'zi bunga tayyor ekanini bildirdi. Men uning jamoasi haqida gapirmayman, bizga keragi - bu jangni tashkillashtirish. O'ylaymanki, bizning shartlarimiz adolatli. Tayson jiddiy inson", - deya Uorrenning so'zlarini keltiradi talkSPORT nashri.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar