04 okt 12:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Gajiev harbiy safarbarlikka chaqirilgan Mineev borasida bayonot bilan chiqdi
AMC Fight Nights Global prezidenti Kamil Gajiev qisman safarbarlik doirasida chaqiruv olgan Vladimir Mineev bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
"Vladimir Mineevni nima kutmoqda? Men harbiy xizmat va u bilan bog'liq masalalarda kuchli emasman! Sport sohasi vakili sifatida men uning safimizda qolib, 18 noyabrga belgilagan kikboksing jangidagi ishtirokini tomosha qilishni istardim.
Erko Jun bilan afsonaviy jangdan so'ng, men g'azablangan kishini tomosha qilishni xohlayman. Yaxshiyamki, munosib raqiblar bor! Fernando Rodriges, Santa Forte. Agar siz bu yigitni hali tanimasangiz, shunchaki Gadji Avtomat bilan jangini tomosha qiling!", - deb yozgan Gajiev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar