23 may 13:28
Yangiliklar
Gan Pereyraning ko'zlarini ehtiyot qilmoqchi emas: "Bu MMA!"
Bu haqda franciyalik aralash yakkakurash ustasi New York Post nashriga bergan intervyusida Tom Aspinallga qarshi chempionlik jangida yuz bergan vaziyatdan qochish uchun tayyorgarligiga o'zgartirishlar kiritganmi, degan savolga javob berish asnosida malum qildi.
"Yo'q. Unchalik emas. Afsuski, bunday holat deyarli har bir turnirda sodir bo'ladi. Buning hech qanday qizig'i yo'q. Bu MMA!", - dedi og'ir vaznli sportchi.
Eslatib o'tamiz, og'ir vazn toifasidagi Siril Gan va Aleks Pereyra o'rtasidagi jang 14 iyun kuni Oq uy yaqinidagi UFC bayram turnirida bo'lib o'tadi. Uning g'olibi divizionning vaqtinchalik chempioni deb elon qilinadi. Yani, g'olib ko'z jarrohligidan keyin tiklanayotgan Tom Aspinalga navbatdagi raqib bo'ladi.

Fikrlar