06 sen 12:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Gap bunaqa bo'ladi: Tayson Fyuri rasman Joshuaga "vyzov" tashladi
Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri yurtdoshi Entoni Joshuani jangga chorladi.
"Bu Tayson Fyuri, "Lo'lilar qiroli" sifatida tanilgan superog'ir vazn toifasi chempioni. O'ylaymanki, yaqin orada jang qilmoqchi ekanligimni eshitdingiz. Raqibni elon qilgunlariga qadar, bu ishni qilishim shart.
Entoni Joshua, bilaman sen Aleksandr Usikka yutqazib qo'yding va hozir sen uchun jang yo'q. Men senga superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempionligi uchun kurashish imkonini berishni istardim.
Sen 12 raundlik jangdan qaytding, shuning uchun tayyorsan. Senga tayyorgarlik uchun yana bir necha oy beraman. Agar senga qiziq bo'lsa, jang sanasini yuboraman. Britaniya va WBC kamari uchun kurash. Agar qiziq bo'lsa, ayt. Agar yo'q bo'lsa men boshqa raqib izlayman", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : Boxingnews24
Fikrlar