20 okt 18:36
Yangiliklar
Garsiya Lomachenko - Xeyni jangi haqida gapirdi
Garsiyaning fikricha, agar u Jemeyn Ortisni mag'lub etsa, engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Devin Xeyni bilan jang qilishi kerak.
"Agar Xeyni Lomachenko, Devis yoki Rayan Garsiyaga qarshi jang qilamasa, u yarim o'rta vaznga ko'tarilsin. Menimcha, u Loma bilan to'qnash kelishi mumkin, agar Bob Arum xohlasa bu jang tashkil etiladi. Menimcha, Xeyni keyingi jangida Lomaga qarshi ringga ko'tariladi.
Kim g'olib bo'lishini aytish qiyin, chunki Lomachenko juda iqtidorli. Jangda favoriti aniq emas. Menimcha, bu jang bo'lishi kerak. Ularning ikkisi ham Top Rank promoushenida jang qiladi. Umid qilamizki, bu jangni ko'ramiz. Agar bunday bo'lmasa, Xeyni yarim og'ir vaznga o'tsin", - dedi Garsiya.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko - Ortis jangi 29 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar