17 okt 20:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Gassiev promouteri bilan xayrlashdi
Birinchi og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murat Gassiev promouteri bilan hamkorlikni to'xtatdi.
«U bilan tuzgan shartnomam tugadi. U bilan hamkorlikni davom ettirishni istamayman, chunki u menga kerakli bo'lgan janglarni tashkil etib bermadi. Hozir Rossiyada jang qilishga ruxsatnoma olishim kerak va 31 oktyabr kuni Sochida jang qilaman»,-dedi Murat.
Eslatib o'tamiz, Murat so'nggi bor 2018 yilning iyun oyida Aleksandr Usikka qarshi jang qilib, imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Keyinchalik rossiyalik bokschi superog'ir vaznga o'tdi, biroq hali debyut jang o'tkazmadi. Murat navbatdagi jangini 31 oktyabr kuni Sefer Seferiga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar