17 sen 07:24
Yangiliklar

Gennadiy Golovkin: "Kanelo bu qarordan norozi"
Qozog'istonlik bokschining so'zlariga ko'ra, u meksikalikka qarshi jangda xato qilishga haqqi yo'q.
"Bu jang avvalgilaridan farq qiladi. Ancha vaqt o'tdi, boksda biz Kanelo bilan turli vaziyatdamiz. Bu jangda nima qilish kerakligini bilaman.
Gap hakamlar qaroridan norozi ekanligim haqida emas. Ammo, so'nggi jangda Kaneloning yutqazgani — hakamlar uning mag'lub bo'lganini ayta olishini ko'rsatdi. Saul bu qarordan norozi. Bu hakamlarda natijalarga tasir etuvchi inson omili borligini ko'rsatdi”, — dedi Golovkin.
Eslatib o'tamiz, Alvares va Golovkin o'rtasidagi uchinchi jang 17 sentyabr kuni (bizning vaqt bilan ertaga tongda) Nevada shtati (AQSH) Las-Vegas shahridagi bo'lib o'tadi.
Gennadiy Golovkin so'nggi bor 9 aprel kuni Rioto Murataga qarshi jang qilgan edi.
Fikrlar