27 avg 08:05
Yangiliklar

Gennadiy Golovkin: "Meksikaliklarning ko'pchiligi meni yaxshi ko'radi"
"Saulning Bivoldan jahli chiqdi, mendan esa yo'q. Lekin u mendan kamarlarimni olib qo'ymoqchi. Ammo, menga uning nima deb o'ylashining umuman farqi yo'q. Aytishim mumkin bo'lgan yagona narsa - menga past baho bermaslik kerak. SHubhasiz, yosh bu shunchaki - raqam, men bu jangga nihoyatda jiddiy yondashaman.
Men o'z merosimdan habardorman va kelajak avlodga boksda nimalar qoldirishimni bilaman. Vaqti kelganda, nabiralarimga boksda erishgan yutuqlarim haqida xursand bo'lib aytib beraman. Ko'pchilik meksikaliklar meni yaxshi ko'rishadi, biroq Qozog'istonda hech kim Kaneloni yaxshi ko'rmaydi", - deya Golovkinning so'zlarini keltiradi BoxingScene nashri.
Malumot uchun, Saul Alvares hamda Gennadiy Golovkin o'rtasidagi trilogiya jangi 17 sentyabr kuni tashkil etiladi.
Avvalroq, ushbu jangda ishlaydigan hakamlar guruhi malum bo'lgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar