26 apr 18:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Gennadiy Golovkin: "Men hali Kanelo bilan jang qilaman"
To'rtta yo'nalishda jahon chempioni Gennadiy Golovkin Saul Alvaresga qarshi jang qilish istagi borligini malum qildi.
"Ayni paytda Kanelo bilan barchasi tugagan. Sentyabrda revansh bo'ladimi? Ko'ramiz. Bu boshqa masala. Men Kanelo bilan hali jang qilaman. Faqat, u buni istarmikin? So'rab ko'ringlar.
Endi u haqida o'ylayotganim yo'q. Asosiy etiborimni Vanes Martirosyanga qaratganman. Uni 2004 yilgi Olimpiya o'yinlari vaqtidan beri bilaman. Vanes yaxshi bokschi. Jang oson bo'lmaydi", - dedi Golovkin.
Eslatib o'tamiz, Golovkin - Martirosyan jangi 5 may kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : boxingscene.com
Fikrlar