02 mar 13:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Genri Sexudo: "Gan uch raund ham turib bera olmaydi"
Ikki vaznda UFC sobiq chempioni Genri Sexudo yaqinlashib kelayotgan Jon Jons hamda Siril Gan o'rtasidagi jang oldidan o'z taxminlarini bildirdi.
"Jonning ajoyib jang lageri bor edi. Brendon Gibson, Greg Jekson, shuningdek, sardor Erik Albarracin ham u bilan birga bo'lardi. U butun mamlakatdan mashg'ulot uchun sheriklar olib keldi. Aynan o'sha insonlar Jon Jonsni hozirgi holatiga olib kelishdi, g'olib bo'lishiga sababchi bo'lishdi.
Jon barchasiga tayyor. Menimcha so'nggi uch yil unga etarli bo'ldi... O'sha jangchilar Jonni o'zining darajasiga qaytishiga turtki berishdi, sportga bo'lgan oldingi muhabbatini qaytarishdi. Endi aralash jang bo'yicha kim eng zo'ri degan bahslar bo'lmaydi. U jangda g'olib bo'lishni istamoqda. U shunchaki mahluq bo'lib oldi. Menimcha Siril Gan uch raund ham turib bera olmaydi. Vada beraman", - dedi Sexudo.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar