08 sen 12:03
Yangiliklar
Dzyudo
Germaniya ham kuchli tarkib bilan Toshkentga keladi
Poytaxtimiz mezbonligida o'tadigan jahon chempionatiga keluvchi mamlakat terma jamoalari o'z tarkiblarini elon qilishda davom etmoqda.
Jumladan, Germaniya terma jamoasi murabbiylari ham tarkibni oshkor qilishdi. Unda Tokio-2020 Olimpiadasining aralash jamoaviy bahsida yaponiyalik SHohei Ononi mag'lub etgan Igor Vandtke, Tokio-2020 sovrindorlari Eduard Trippel (-90 kg) hamda Anna-Mariya Vagner kabi nomlarni uchratish mumkin.
Germaniya terma jamoasi tarkibi:
Erkaklar: M.Plafki (-60); L.Slamberger (-66); I.Vandtke (-73); D.Ressel (-81); E.Trippel (-90), K.Frey va D. Xerbst (-100), J.Frey va E.Abramov (+100).
Ayollar: K.Menz (-48); M. Bolxaus (-52); P.Stark (-57); N.Bazinski (-63); M.Butkereit va S.Maekelburg (-70); A.Vagner va A.Boexm (-78).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar