So’nggi yangiliklar

02:43Супер ўйинда "Интер" "Барселона"ни тўхтатди ва ЕЧЛ финалига йўлланма олди! 0 19:48Чимаев: "Дю Плесси урушга тайёрланаверсин, мен эса қотилликка ҳозирлик кўряпман" 0 19:2515 яшар бадиий гимнастикачимиз Европа кубогида Париж Олимпиадаси совриндоридан кейин иккинчи бўлди 0 19:03Билол Муҳаммад: "Ислам менга "Сен чемпион бўлиб, режаларимни буздинг" деди" 0 18:41"Пахтакор" Педру Морейра қисқа таътилга чиққанини эълон қилди. Жамоани вақтинча Камолиддин Тожиев бошқаради 0 18:20Бивол Канелони қандай қилиб мағлуб этганини тушунтирди 0 17:58Тошкентдаги Octagon 72 турнири учун яна иккита жанг эълон қилинди 0 17:35Артур Бетербиев Баҳодир Жалоловга мурожаат қилди (ФОТО) 0 17:14Суперлига футболчилари ЕЧЛ финалчиларини тахмин қилди 0 16:53Рамон Карденас: "Мураббийимга йиқилсам ҳам таслим бўлмаслигимни айтгандим" 0 16:32Муҳаммад Мокаев яна бир қозоқ спортчиси билан жанг қилади 0 16:11Наоя Иноуэ: "Нокдаун мени ҳайратда қолдирди, лекин ўзимни йиғиб олдим" 0 15:50Гвардиола аргентиналик иқтидорни "Барселона"дан тортиб олмоқчи 0 15:29Сен-Дени ва Альвареснинг UFC 315`даги жанги бекор қилинди 0 15:08Ўзбекистон ўсмирлар ва ёшлар терма жамоаси Жаҳон чемпионатини 17 та медаль билан якунлади 0

23 okt 15:05
Yangiliklar

Boks/MMA

Getji faoliyatidagi eng g'alati jang: Jastin bir qo'lli jangchiga qarshi chempionlik jangi o'tkazgan FOTO + VIDEO

Teglar :  Jastin Getji
SHunchaki statistika o'rnida aytadigan bo'lsak, Jastin Getjining 86% g'alabalari nokaut va texnik nokautlar orqali qozonilgan.

19 marta jangni muddatidan avval yakunlagan, shu jumladan Toni Fergyusonga qarshi bahsni ham. 

Ammo Getjining faoliyatida alohida o'rin tutadigan bir jang bor. 2014 yilning yozida Getji WSOF (hozirda PFL) promoushenida o'z kamarini himoya qilgan. Uning raqibi bir qo'li yo'q tug'ma nogiron Nik Nyuell bo'lgan.  Jang qonli kechgan, unda Getji texnik nokaut evaziga zafar quchgan. Ammo hammasi oson kechmagan. Nik Nyuell ham ajoyib jang o'tkazgan va Getji bir necha bor jiddiy xavf ostida qolgan. 

Nik Nyuell kim o'zi?

Nikning chap qo'li tug'ma nuqson bilan tug'ilgan. SHunga qaramay u sport bilan shug'ullanishni boshlagan. Qo'lida shunday nuqsoni bo'la turib, u erkin kurashni tanlagan. Nyuell yoshligida futbol, beysbol bilan mashg'ul bo'lar edi. Kunlarning birida do'sti uni mahalliy kurash mashg'ulot zaliga borishga ko'ndiradi. Ilk mashg'ulotning o'zida Nik hammasini tashlamoqchi bo'ladi, ammo onasi uni qolishga ko'ndiradi. U dastlabki 17 jangining barchasini boy beradi, ammo oxir oqibat talabalar o'rtasidagi eng kuchli kurashchiga aylanadi. Undan uyog'iga The Ultimate Fighter, MMA da o'zini sinab ko'rish istagi tug'iladi.

2009 yilda Nik Nyuell aralash kurashlarda o'zining birinchi jangini o'tkazadi, 2012 yilda uning rekordi 9-0 bo'ladi (6 ta sabmishn). SHundan so'ng WSOF bilan shartnoma imzolaydi va 2 ta jangda g'alaba qozonib, titul jangi uchun asosiy davogarga aylanadi. Bu tomonda esa uni Jastin Getji kutardi. 

Jang qanday o'tgandi?

Jastin Getji Nik Nyuelldan biroz tajribaliroq edi. Uning rekordi 11-0 edi, shulardan 9 tasi nokaut. SHu bilan birga Getji ham Nik singari kelib chiqishi kurashchi bo'lgan. 

Jangini boshlanishida Nik faollik qiladi. Jastinning zarbalaridan yaxshi qochadi. Getji loukiklarni amalga oshirsa ham, Nyuell ularga deyarli etibor bermaydi. Stoykada ham biroz ustunlik qiladi. 

Nik o'zining qo'li yo'qligi sabab klinchga ko'proq initiladi. Getji esa klinchdan bor kuchi bilan chiqishga harakat qiladi.  Nikning teykdaunlari umuman samarasiz chiqadi, u qachon bunga urinsa Getji teykdaundan chiqib ketaveradi. Jastin uni bir qo'llik jangchi kurashda mag'lub qilib qo'yishidan juda qo'rqadi. 

Ammo Nyuellda raund o'rtalarida charchoq alomatlari sezila boshlaydi. Tanaffus paytida ham u tiklanmaydi. Getji ham yaxshi ahvolda bo'lmasa ham baribir Nyuelldan tetikroq tuyuladi. Har bir daqiqa oxirida Nikning yuzidan qon oqardi. Referi shifokorlarga murojaat qiladi. Ammo shifokorlar ham unchalik ham yordam bera olishmaydi.

Nik Nyuelldan navbatdagi qon ketishidan so'ng referi jangni tugatishga qaror qiladi va texnik nokaut qayd etadi. Nyuell avvaliga norozi bo'ladi, keyin esa Jastinni olqishlaydi. So'ngra ikki jangchi quchoqlashib qo'yishadi. 

Jangdan so'ng ikki jangchi nimalar deyishdi?

Ushbu jangdan so'ng Jastin Getji WSOF da 5 ta jang o'tkazdi va UFCga yo'l oladi.

Nik esa WSOFda ikkita jang o'tkazib, ularda g'alabaga erishadi va faoliyatini tugatadi. Afsuski, Nik UFC da debyut qilishni juda xohlaydi, ammo promoushen bilan muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. 

2018 yilda Nyuell faoliyatni tiklaydi. Unga Jastin Getji bilan jang haqida savol berishadi. 

"Bu juda qattiq jang bo'lgandi. U ajoyib jangchi, men Getjini juda hurmat qilaman. Menda bu mag'lubiyatdan so'ng ko'p narsa o'zgarmadi. Aksincha, nimalardir o'rgandim. Mag'lubiyat ham sportning bir qismi. Boshida men biroz kamroq harakat qildim. Ammo bu xolat ortda qoldi, endi men kuchliroq bo'lib qaytyapman.

O'ylashimcha, men ko'proq tanaga zarba va loukiklarni amalga oshirishim kerak edi. Stoykada bo'lgan paytimiz, qattiqroq zarba berishim kerak edi. Parterga olish o'rniga stoykada jang qilishim kerak edi. SHu sabab ko'p kuch sarflab yubordim. Bu omadsiz taktika edi. 

Agar menda yuz marta Getji bilan jang qilisha haqida so'rasangiz. Men yuz marta ha deyman. Men qasos olishim kerak. U zo'r yigit, biz do'stlarmiz. Ammo men mamnuniyat bilan yana jang qilgan bo'lardim. Bunday bo'lmasa ham hafa bo'lmayman. Men ham har bir mag'lub qilgan jangchimdan revansh kutmayman. Bu tabiiy", -deydi Nyuell.

Nyuellning qaytishiga Getji ham o'z reakciyasini bildiradi.

"Nik UFCda jang qilishga haqli edi. Bu sport turi shafqatsiz, u kechirim nimaligini bilmaydi. Ammo Nik tajribasizligi yoki kuchsizligi uchun mag'lub bo'lmaydi, u gladiator", - deydi Jastin Getji.

Nyuell Dana Uayt turnirida Aleks Munosga mag'lub bo'lganidan so'ng o'z mahalliy promoushenida g'alaba qozonadi. Nik shu orqali UFCga chiqish imkonini yana boy beradi. Yana bir g'alabadan so'ng Bellatorda debyut qiladi. Dunyoning aralash janglar toifasidagi ikkinchi raqamli promousheni Bellatorda uning statistikasi 1-1. 

Nik o'zining keyingi jangini Getji va Xabib jangidan besh kundan so'ng o'tkazadi.




Jalolxon tayyorladi 

Reyting: +1   

Fikrlar

   
23 okt 18:59:14
Mironsho Jabborov
Respect
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing