13 jan 17:48
Yangiliklar
Giga CHikazde: "Bu ahmoq Volkanovski eng oson raqibni tanladi"
«Men bilaman, bu ahmoq oson vazifani bajarishga harakat qilmoqda. Zombiga hurmatsizlik yo'q. Eng yaxshi 10 talikdagi hamma zo'r, lekin u eng oson raqib. Va men chempion bu jangda ishtirok etishni xohlayotganini ko'ryapman. CHunki, u oson yo'ldan borishni xohlaydi.
Volkanovski uchun bu osonroq ish. U men uning uchun eng qiyin jangchi ekanligimni biladi. SHuning uchun u mendan qochishga harakat qiladi. Tushunaman. U xavfsiz qolishni va pul ishlashni xohlaydi, lekin men chempion bo'lish uchun keldim. Kelgusi hafta qiladigan ishim bor, lekin nima qilishimni bilaman. Men tashqariga chiqaman va g'alabamni qo'lga kiritaman. Ular meni bir hafta kutishlari kerak», — CHikadzening so'zlarini keltiradi MMA Fighting.
Fikrlar