08 iyu 12:51
Yangiliklar

Gilbert Byorns: "Diazda umuman imkon yo'q"
"CHimaev ikki nafar top jangchini mag'lub etdi, o'z vaznining kuchli uchligiga kirdi. Endi u bir necha yildan buyon g'alaba qozona olmayotgan Neyt Diaz bilan jang qiladimi? Reyting nuqtai nazaridan bu jang hech qanday ahamiyatga ega emas. Biroq, bu sport turining muxlisi sifatida, menga bu jangni ko'rish qiziq bo'lar edi.
Bu jangda Neytning umuman imkoni yo'q, menimcha. Neytning qanday qilib g'alaba qozonishi mumkinligiga tushuna olmayapman. Lekin men bu sport turining muxlisiman, bu jangni kuzatishni rad etmas edim. Menga Neyt ishtirokidagi janglarni ko'rish yoqadi. Hech qanday ahamiyatga ega bo'lmasada, men bu jangni tomosha qilaman", - deya Byornsning so'zlarini keltiradi MMA Junkie nashri.
Eslatib o'tamiz, Neyt Diaz so'nggi bor o'tgan yilning 13 iyunida Leon Edvardsga qarshi jang qilgan edi. Avvalroq, tashkilot prezidenti Dana Uayt Diazning kimga qarshi jang qilishi kerakligini aytgan edi.
Fikrlar