12 mar 18:57
Yangiliklar
Gimnastika
Gimnastika bo'yicha Jahon kubogi bahslari boshqa muddatga qoldirildi
Hozirgi kunda barchani birdek xavfga solayotgan koronavirus sportga ham o'z tasirini o'tkazmoqda.
Xalqaro gimnastika federaciyasi Italiyaning Pezaro shahrida 3-5-aprel kunlari bo'lib o'tishi kerak bo'lgan badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogi bahslarini boshqa muddatga qoldirishga qaror qildi. Ushbu turnir endi 5-7 iyun kunlari bo'lib o'tadi.
Bundan tashqari FIG Qatar poytaxti Doha shahrida sport gimnastikasi bo'yicha Jahon kubogi ham boshqa muddatda o'tishini elon qildi. 18-21 mart kunlari o'tkazilishi kerak bo'lgan turnir 3-6 iyun kunlariga qoldirildi.
Bularning barchasi COVID-19 dan himoyalanish, virusning sportchilar va jamoatchilik orasida tarqalishini oldini olish uchun qilinmoqda.
Havola :
Fikrlar