So’nggi yangiliklar

19:18Таэквондочиларимиз янгиланган Жаҳон рейтингида нечанчи ўринларни эгаллаб туришибди? 0 18:42UFC 337 турнирининг санаси ва ўтказилиш жойи маълум бўлди 0 18:14Чимаев UFC собиқ чемпиони билан беллашув ўтказиши мумкинлигини айтди 0 17:49Ромелу Лукаку Бельгия терма жамоасидаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 17:22Жасурбек Рустамхонов Чехия хоккейи тарихига кирди 0 16:50Норвегия россиялик ва беларуслик спортчиларнинг мусобақалар учун мамлакат ҳудудига киришини тақиқлайди 0 16:19Расман! Руслан Абдуллаевнинг рақиби, жанг санаси ва манзили эълон қилинди 0 15:48Почеттино МЮга нигериялик "девор"ни олиб келмоқчи 0 15:17Гукеш жаҳон тожи учун матч олдидан Жавоҳир Синдаров ҳақида гапирди 0 14:46Қирғизистонда Олимпиада ғолиб ва совриндорлари учун умрбод стипендиялар тасдиқланди 0 14:15Zagreb Grand Prix 2026 турнирини иккита медаль билан якунладик 0 13:44Де ла Фуэнте Испаниянинг Англиядан учраган мағлубияти ва тўхтатилган тарихий серия ҳақида гапирди 0 13:13Расман. Mangu 7 турнирининг санаси ва манзили эълон қилинди + ПОСТЕР 0 12:42Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да 7 та медаль қўлга киритишди 0 12:11UFC Fight Night 296 турнирининг асосий жанги эълон қилинди + ПОСТЕР 0

19 fev 18:03
Yangiliklar

Gimnastika

Gimnastika maktabiga o'quvchilarni qabul qilish tartibi tasdiqlandi

Teglar :  Gimnastika
Gimnastika maktabiga o'quvchi-sportchilar badiiy gimnastika, sport gimnastikasi va trampolin sport turlari bo'yicha qabul qilinadi.

Gimnastika bo'yicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o'smirlar sport maktabiga o'quvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi to'g'risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi. Bu haqida vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali malum qildi.

Nizomga muvofiq, gimnastika maktabiga o'quvchi-sportchilar badiiy gimnastika, sport gimnastikasi va trampolin sport turlari bo'yicha qabul qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan ikki oy oldin gimnastika maktabi tomonidan tanlov o'tkazilishi to'g'risida ommaviy axborot vositalarida elon beriladi. 

Hujjatlar har yili 1 avgustdan 10 avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo'yicha sinov har yili 20–25 avgust kunlari gimnastika maktabi binosida tashkil etiladi.

Sinovlar video yozuv orqali yozib olinadi va gimnastika maktabida saqlanadi.

Sinov natijalari sinov o'tkazilgan vaqtdan boshlab 1 kun ichida gimnastika maktabining barcha shaxslar kirishi va ko'rishi mumkin bo'lgan joylardagi elonlar taxtasiga osib qo'yiladi.

Sinov natijasi elon qilingan vaqtdan boshlab 3 kun davomida apellyaciya berish mumkin. 

Apellyaciya 3 kun ichida ko'rib chiqilishi lozim.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing