01 apr 18:33
Yangiliklar
Gimnastikachilarimiz Franciyada shohsupaga ko'tarilishdi
Musobaqaning ikkinchi kunida sportchilarimiz guruh mashqi dasturida bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Hamyurtlarimiz 3 ta tasma va 2 ta to'pda bajarilgan mashqda 30.550 ball jamg'arib, shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy olishdi. Jamoa tarkibida Mumtoza Ishoqzoda, SHahzoda Ibragimova, Iroda Sodiqova, Evelina Atalyans, Amaliya Mamedova ishtirok etishdi. Ushbu yo'nalishda oltin medal mezbonlarga nasib etgan bo'lsa, meksikalik gimnastikachilar kumush medallar bilan taqdirlanishdi.
SHu tariqa, jamoamiz musobaqani 1 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan yakunladi. Eslatib o'tamiz, birinchi kun doirasida Taxmina Ikromova yakkalik dasturining ko'pkurash yo'nalishida oltin medal bilan taqdirlangan edi.
Fikrlar