25 may 10:18
Yangiliklar
Gimnastika
Gimnastikachilarimiz Jahon chellenj kubogini 10 ta medal bilan yakunlashdi
Toshkentda sport gimnastikasi bo'yicha Jahon chellenj kubogi o'z yakuniga etdi.
Musobaqaning kechagi bahslarida O'zbekiston terma jamoasi azolari 1 ta oltin, 2 tadan kumush hamda bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Oltin medal:
Alisher Boysarov (turnik).
Kumush medal:
Ahrorxon Temirxonov (parallel brus)
Dildora Aripova (erkin mashq).
Bronza medal:
Dildora Aripova (to'sin)
Soliha Tursunboeva (erkin mashq).
SHu tariqa, sportchilarimiz mazkur musobaqada 2 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Havola :
Manba : МОҚ матбуот хизмати
Fikrlar