27 mar 18:40
Yangiliklar
Gimnastikachilarimiz xalqaro Gran-pri turniri va jahon kubogida ishtirok etishadi
8 aprelga qadar ko'hna qitaning bir yo'la ikki davlatida sportning eng nafis turi bo'yicha ketma-ket ikkita yirik musobaqa bo'lib o'tadi va ularning har ikkalasida mamlakatimiz vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Dastlab Franciyaning Te shahrida qizlarimiz xalqaro Gran-pri turnirida ishtirok etishadi. Mazkur musobaqa 1 aprel kuni nihoyasiga etadi va shundan so'ng gimnastikachilarimiz 3-8 aprel kunlari bo'lib o'tadigan jahon kubogi bosqichida qatnashish uchun Italiyaning Pesaro shahriga yo'l olishadi.
Musobaqalarda ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasi tarkibi uch murabbiy va 8 sportchidan iborat bo'lib, yurtimiz sharafini Nilufar SHomuradova, Dinara Ravshanbekova, Kseniya Aleksandrova, Sofiyabonu Kasimova, Kamola Irnazarova, Sevara Safoeva, Sabina Tashkenbaeva va Ekaterina Fetisova himoya qilishadi.
SHuningdek, delegaciyamizdan ikki nafar hakam va shifokor ham o'rin olgan.
Qizlarimizdan yaxshi natijalar kutib qolamiz.
Fikrlar