08 noy 12:47
Yangiliklar
Boks/MMA
G'iyosov - Stanionis chempionlik jangining promouterlik savdosi boshqa sanaga ko'chirildi
Bu haqda WBA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Litvalik prof boks ustasi, yarimo'rta vazn toifasida WBA chempioni Eymantas Stanionis hamda o'zbekistonlik majburiy davogar SHahram G'iyosov jangiga buyruq berilgan edi.
Bir oy muddat ichida bokschilar jamoasi kelishuvga erisha olmaganidan keyin 8 noyabr, yani bugun promouterlar o'rtasida kimoshdi savdosi o'tkazilishi kerak edi. Ammo jamoalar taklifiga ko'ra, jarayon 19 noyabr sanasiga ko'chirildi.
Avvalroq, mazkur jang O'zbekistonda o'tkazilishi mumkinligi haqida xabar bergandik.
Havola :
Manba : WBA
Fikrlar