18 iyu 12:37
Yangiliklar
![](/upload/storage/223493_220.jpg)
GLORY tashkiloti rossiyalik jangchilarni haydadi
Xususan, Evropaning dunyoga mashhur GLORY kikboksing-promousheni rahbarlari ham barcha rossiyalik jangchilarini tashkilotdan chetlatdi. Haydalganlar orasida hatto yarimog'ir vaznda promoushen chempioni Artyom Vaxitov ham bor.
Endilikda rossiyalik sobiq chempionga tegishli kamar uchun jang 20 avgust kuni Germaniyaning Dyusseldorf shahrida o'tkaziladigan GLORY 81 turnirida o'tkaziladi. Unda niderlandiyalik Luis Tavares litvalik Sergey Masloboevga qarshi ringga chiqadi.
"Biz barcha rossiyalik jangchilarga uzoq yillik hamkorlik uchun rahmat aytamiz. Bizning ham, ularning ham hozirgi siyosiy voqeyliklarda aybi yo'q. Lekin vaziyat shunday yo'l tutishimiz kerakligini ko'rsatmoqda. Qachon Rossiya Ukrainaga nisbatan ochiqchasiga boshlagan urushini yakunlasa, biz yana rossiyalik jangchilar bilan ishlashda davom etamiz", - degan GLORY vice-prezidenti Skott Rudmann.
Aynan GLORY promousheni rossiyalik sportchilar yoppasiga haydagan dunyodagi birinchi sport tashkiloti bo'ldi.
Fikrlar