26 sen 12:20
Yangiliklar
G'ofur Rahimov va Serik Konakboev AIBA prezidentligiga nomzod sifatida ko'rsatildi
Bu haqida daryo.uz nashri TASSga asoslanib xabar bermoqda.
23 sentyabr, yakshanba kuni AIBA prezidenti lavozimiga nomzodlar arizalarini topshirish yakunlandi. Prezidentlikka saylov esa 2—3 noyabr kunlari Moskvada bo'lib o'tadi. «G'ofur Rahimov va Serik Konakbaevlar nomzodi ilgari surildi», — deb bayonot berdi Rossiya boks federaciyasi bosh kotibi Umar Kremlev.
Avvalroq G'ofur Rahimov va Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) o'rtasida muammo paydo bo'lgani haqida xabar berilgandi. XOQ Rahimovga nomzodini bekor qilishni tavsiya qilib, bunday bo'lmagan taqdirda boks Olimpiya o'yinlari dasturidan chiqarib yuborilishi mumkinligi borasida ogohlantirildi.
Ammo AIBA rahbari bu qo'ng'iroqlarga o'z munosabatini bildirib, tashkilot prezidentligi uchun nomzodini ilgari surishini malum qildi.
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, AIBA 3 oktyabr kuni saylovlarda ishtirok etadigan nomzodlar ro'yxatini rasman elon qiladi.
Fikrlar