09 avg 16:30
Yangiliklar
Tokio-2020
Gollandiyalik gimnast mast holda bo'lgani uchun Olimpiadadan chetlatildi
Sport gimnastikasi bo'yicha Gollandiya terma jamoasi azosi Yuriy van Gelder uchun Olimpiada yakunlandi.
Sportchi saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o'tib, final bosqichiga yo'llanma olgandi. Lekin u mast holda Olimpiya qishlog'iga qaytgani uchun to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasidan chetlatildi.
“Bunday qarorga kelish oson bo'lgani yo'q. Lekin qonun hammaga barobar. Qoida buzdingmi, tamom, jaob berishing kerak. Har bir atlet tartib-intizomga rioya qilishi shart”, – deydi Gollandiya Olimpiya qo'mitasi rahbari Mauritsa Xendriks.
Malumot uchun, 33 yoshli gimnast 2009 yili kokain istemol qilgani sabab ikki yilga diskvalifikaciya qilingan edi.
Havola :
Fikrlar