15 sen 10:52
Yangiliklar

"Golovkin Alvares bilan jangdan keyin faoliyatini yakunlagani maqul"
"Bu jangda shubhasiz Kanelo favorit. CHunki u yoshroq! Golovkin esa 40 yoshda. SHuning uchun, Kanelo Bivoldan uchralgan mag'lubiyatdan keyin tiklanishi uchun bu jangda ishonchli g'alaba qozonishi kerak deb o'ylayman.
Ha, Bivol hammaga Kaneloni engish mumkinligini isbotladi. SHunga qaramay Alvares buyuk tarix yaratdi. So'nggi etti yil ichida qiyin janglardan qochmadi va katta nomga ega bo'lgan Bivol bilan jang qilgani uchun ham hurmat loyiq. Garchi u favorit sifatida ringga chiqqan bo'lsa ham, bu uning uchun qiyin jang bo'lganini hamma yaxshi tushundi.
Golovkinga kelsak, u faoliyatini yakunlagani maqul. U katta tarix yaratdi, pul topdi, ammo 40 yoshida sog'lig'i haqida ham o'ylash kerak. Gena faoliyatida qo'lidan kelgan hamma narsani qildi. Qirq yoshdan oshganingizda esa ketishingiz kerak, - dedi Tishenko "CHempionat" muxbiri Igor Bragin bilan suhbatda.
Fikrlar