08 iyu 15:37
Yangiliklar
Golovkin: "Bu adolatsizlik"
"To'liq jangni emas, faqatgina yorqin vaziyatlarni ko'rdim. Bivolning g'alabasiga guvoh bo'ldim. Kanelo jang natijasiga munosabat bildirganida, hafsalam pir bo'ldi. CHunki, professional bokschi bo'lsangiz, boksni tushunasiz.
U qanday munosabat bildirdi? Bir yoki ikki raundni yutib, jangda g'alaba qozonishga ishonish mumkinmi? Sizni shunchalik ko'p odam kuzatib turganida, qanday qilib buni aytishingiz mumkin? Bu adolatsizlik. Fursatdan foydalanib, Dmitriy Bivolni yana bir bor tabriklamoqchiman", - deya Golovkinning so'zlarini keltiradi Fansided nashri.
Eslatib o'tamiz, Gennadiy Golovkin so'nggi bor 9 aprel kuni Rioto Murataga qarshi jang qilgan edi.
Golovkin — Kanelo jangi 17 sentyabr kuni Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Fikrlar