21 sen 13:22
Yangiliklar

Golovkin IBO kamarini keyingi jangidayoq qaytarib olishi mumkin
Qozog'istonlik bokschi ana shu o'tgan davr mobaynida 17 marotaba chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Xalqaro boks tashkiloti (IBO) prezidenti Ed Livayn Golovkinga yana bir bor ushbu yo'nalishda chempion bo'lish imkoniyatini taqdim etdi.
Aniqrog'i, Saul “Kanelo” Alvares tashkilot oldidagi majburiyatlarini bajarishdan bosh tortgani uchun meksikalik bokschi IBO chempionlik kamaridan mahrum qilindi. Endi Golovkin vakant bo'lib qolgan ushbu kamarni navbatdagi jangidayoq qo'lga kiritishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Gennadiy Golovkin 2011 yilning 9 dekabr kuni amerikalik Laxuan Saymonni mag'lubiyatga uchratib, IBO chempionlik kamari sohibiga aylangandi. SHu yilning 16 avgust kuni esa Alvaresga imkoniyatni boy berib, kamarsiz qolgan edi.
Fikrlar