15 sen 09:28
Yangiliklar

Golovkin Kaneloga qarshi jangda autsayder ekanligi haqida gapirdi
"Haqiqatan ham, bu men uchun yangi vazn toifasi. Kerakli o'zgarishlarni qilayapman. Hozir bor etiborimni mashg'ulotlarga va tajribamni oshirishga qaratganman. Jangda imkoniyati kam jangchi g'alaba qozonishga ishtiyoqi baland bo'lishiga qo'shilaman. Sababi, siz haqiqiy qiyinchilikni ko'rasiz.
Agar eng yaxshi bokschilardan biriga qarshi jang qilsangiz, bu qanchalik talabchan ekanligingizni bildiradi. Ehtimol, hozirda bu jang boks olamidagi eng yaxshisi bo'lishi mumkin. Albatta, men bu "vyzov"ni qabul qilishga tayyorman. Ha, bu menga ilhom beradi.
O'ylaymanki, bu juda qiziqarli va shiddatli jang bo'ladi. Bu kurash boksni munosib darajaga olib chiqishiga umid qilaman", - dedi Golovkin.
Eslatib o'tamiz, Gennadiy Golovkin va Saul Alvares o'rtasidagi uchinchi jang 17 sentyabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadi.
Fikrlar