05 may 11:49
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/38129_220.jpg)
Golovkin - Martirosyan. Bokschilarning gonorarlari malum
Xabar berganimizdek, bugun AQSHning Kaliforniya shtati Karson shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangi o'rta vazn toifasida WBC, WBA va IBF yo'nalishlari chempioni Gennadiy Golovkin hamda davogar bokschi asli kelib chiqishi armanistonlik, hozirda AQSH sharafini himoya qilayotgan Vanes Martirosyan o'rtasida o'tkaziladi.
Jang tashkilotchilari bokschilar uchun oldindan kafolatlangan gonorar summasini oshkor qilishdi. Golovkin chempion sifatida roppa-rosa 1 million dollarga ega bo'ladi. Martirosyanning ulushi 225 000 dollarni tashkil etadi.
Havola :
Fikrlar