05 may 09:43
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/38105_220.jpg)
Golovkin va Martirosyan taroziga chiqishdi
Bugun AQSHning Kaliforniya shtati Karson shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangi o'rta vazn toifasida WBC, WBA va IBF yo'nalishlari chempioni Gennadiy Golovkin ishtirokida o'tkaziladi. Qozog'istonlik bokschi asli kelib chiqishi armanistonlik, hozirda AQSH sharafini himoya qilayotgan Vanes Martirosyanga qarshi ringga ko'tariladi.
Ushbu boks oqshomi bizning vaqt bilan ertaga tong saharda bo'lib o'tadi. Ertangi jang oldidan bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Golovkin 72,6, Martirosyan esa 72,4 kg tosh bosdi.
Havola :
Fikrlar