15 noy 12:39
Yangiliklar
Boks/MMA

"Golovkinga qarshi jang Kanelo uchun eng yirik pulli jang hisoblanadi" - promouter
Promouter Eddi Xirn Saul Alvares va Gennadiy Golovkin o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Agar Golovkin Muratani mag'lub etadigan bo'lsa, biz uning oldiga borib: "Mana, keyingi jang uchun uch-to'rt variant" deymiz. Yana kimlardir o'z variantini taklif qiladi. Golovkin esa takliflarni ko'rib chiqib, qaror qabul qiladi.
O'ylaymanki, Golovkinning navbatdagi jangi katta to'qnashuv bo'ladi va bu haqida tez orada malum qilinadi. Unga katta birlashtiruvchi kurash kerak. Golovkin - Kanelo yirik jang.
Golovkinga qarshi jang Kanelo uchun yirik pulli to'qnashuv bo'ladi", - dedi Xirn.
Eslatib o'tamiz, Golovkin navbatdagi jangini 29 dekabr kuni Rioto Murataga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar