19 okt 15:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Golovkinning ehtimoliy raqibi malum qilindi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin navbatdagi jangini WBA Regular kamari sohibi Rioto Murataga qarshi o'tkazishi mumkin.
Bu haqida qozog'istonlik bokschining promouteri aytib o'tdi.
"Men Murataning Brant bilan bo'ladigan jangini ko'rish uchun Las-Vegasga boraman. Murataning menejerlari bilan munosabatim juda yaxshi. SHuningdek, uning promouteri Bob Arum bilan ham.
Golovkin va Murata o'rtasidagi jangni tashkil qilsa bo'ladi. Gennadiy jahonning istalgan burchagida jang qilishga tayyor. Yaponiya bozori juda katta. SHuningdek, u erda Riotaning reytingi yuqori", - dedi Tom Lefflyor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar