So’nggi yangiliklar

20:57Фирдавс Худоятов Милан-Кортина-2026 Паралимпиадасидаги иштирокини якунлади 0 19:11"Мароқанд" стол теннис клуби Евросиё Лигасида қатнашмоқда 0 18:45Масвидаль: "Бу жангда бор пулимни Стриклендга тикаман" 0 18:24"Шундай дейишди". Арман Царукян UFC камари учун навбатдаги даъвогар бўлишини айтди 0 18:01Ямаль машғулотни ўтказиб юборди. Ташвишланишга сабаб борми? 0 17:39Ўзбекистон Кубогининг иккинчи куни ҳам 5 та вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 17:17Улуғбек Собиров WBA Asia камари учун россиялик боксчи билан жанг қилди 0 16:52Фирдавс Худоятовнинг Милан-Кортина-2026 қишки Паралимпиадасидаги илк чиқиши якунланди 0 16:28Суперкомпьютер EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди 0 16:01"Бундай уруш пайтида Оқ уйда UFC турнири ўтказиш ғалати" - америкалик таҳлилчи 0 15:39Оқ уйдаги UFC турнирига чипталар бепул бўлиши маълум қилинди 0 15:17Фьюри ўз чўққисидаги Усик ва Майк Тайсон ўртасидаги жангда ким ғалаба қозонишини айтди 0 14:52Ўзбекистон олимпия терма жамоаси Россия ва Албания билан ўйнайди 0 14:28"Менга ҳақиқий даъвогарлар керак". Арман Царукян яна жанг қилмоқчи 0 14:05Ёш самбочиларимиз Россияда ўтказиладиган халқаро турнирга йўл олишди 0

15 mar 10:10
Yangiliklar

Boks/MMA

"Go'zal, betakror, ammo o'ta xavfli". Qirg'izistonlik UFC chempioni Valentina SHevchenko bilan yaqindan tanishamiz

7 mart kuni qirg'izistonlik UFC jangchisi Valentina SHevchenko 36 yoshga to'ldi.

Ushbu maqolada biz sizga SHevchenko haqida eng qiziqarli faktlarni taqdim etamiz. 

Sportga bo'lgan erta muhabbat 

Valentina maktabga borishidan avval, 5 yoshidan boshlab aralash yakkakurash olamiga kirib kelgan. 

Sportchilar oilasi 

SHevchenko nima uchun jang sanatini tanlaganini tushunish qiyin emas. Uning singlisi Antonina va onasi Elena SHevchenko ushbu sport turlarida shug'ullanishgan. Qahramonimizning onasi muaytay bo'yicha murabbiy hisoblanalib, Qirg'iziston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi, Qirg'iziston boks federaciyasi rahbari va taekvondo bo'yicha qora kamar sohibi hisoblanadi. 

Kichkina demang bizni... 

Sportchini chempionlik shohsupasiga olib borgan yo'lni oddiy deb atash qiyin. U yoshligidan boshlab, o'zidan kattalarga qarshi jang qilib o'rgangan. SHevchenko 12 yoshida Rossiyadagi turnirda 17 yoshli jangchiga, 15 yoshida Qozog'istondagi musobaqada 25 yoshli raqibiga qarshi jang o'tkazgan. 

Pavel Fedotovning shogirdi 

Jang sanati, ayniqsa aralash yakkakurashlar olamida jangchilar murabbiylarini tez-tez almashtiradi. Biroq, opa-singil SHevchenkolarning shakllanish tarixida hammasi o'zgacha bo'lib chiqqan. 20 yil davomida ularning murabbiyi Pavel Fedotov bo'lgan. 

Qirg'iziston bayrog'i doim u bilan 

Sportchilik faoliyatini Qirg'izistonda boshlagan Valentina keyin Rossiyaga ko'chib o'tdi va bir necha yil Moskvada shug'ullandi. Keyinroq, u Peruga ko'chib o'tish taklifini oldi va shunday ham bo'ldi. U mashg'ulotlarni Janubiy Amerikada davom ettira boshladi. Jangchi o'zining barcha bahslarida ikki bayroq ostida chiqadi. 

Universal sportchi 

SHevchenko universal sportchi sanaladi. Muaytay bo'yicha 11 karra jahon chempioni, kikboksing va K1 bo'yicha 4 karra jahon chempioni, MMA bo'yicha ikki karra jahon chempioni, taekvondo va muaytay bo'yicha xalqaro sport ustasi, boks hamda dzyudo bo'yicha Rossiya sport ustasi, muaytay bo'yicha Amerika va Panamerika chempioni, "Dunyoning eng yaxshi ayol tay bokschisi" unvonu mukofotlari sohibasidir. SHuningdek, ushu sanda, erkin kurash va milliy kurash bo'yicha ham musobaqalarda ishtirok etgan. 

Qurolga bo'lgan muhabbat…

To'pponchadan o'q otish – Fedotov o'z shogirdlariga o'rgatgan yana bir sevimli mashg'ulotlardan biridir. Opa-singillar Perudagi IPSC va IDPA turnirlarida ishtirok etgan va AQSHga ko'chib ketishganidan keyin ham ushbu musobaqalarda qatnashishda davom etishgan. Valentinaning eng sevimli quroli Glock 19 to'pponchasi hisoblanadi. "Men uni (Glock 19 to'pponchasi) o'zimning timsollarimdan biri deb bilaman. U ham MMA jangchisiga o'xshaydi - universal. SHu bois to'pponchadan ajralmaslik uchun uning tatuirovkasini qornimga chizdirib olganman", degandi qirg'izistonlik sportchi intervyularidan birida. 

Raqqos 

Raqs – chempionning yana bir ishtiyoqi. Uning sevimli raqslari orasida lo'li, dengizchi, flamengo, lezginka va step kabilar bor. SHevchenko Peruda yashab yurgan davrda raqs bo'yicha shouda ishtirok etib, birinchi o'rinni egallagan. Ring va oktagonda g'alaba qozonganidan keyin lezginkani ijro etish allaqachon qahramonimizning tashrif qog'oziga aylanib ulgurgan. 

Yulduzlar etibori

Arnold SHvarcenegger, Van Damm, Leonardo Di Kaprio kabi jahon yulduzlari xalqaro miqyosda etirofga sazovor bo'lgan sportchi haqida iliq va hurmat bilan gapirgan. Xususan, taniqli aktyor Mikki Rurk ikki marotaba Instagram postlarini unga bag'ishlagan holda "ajoyib", deya post qo'ygan. Qolaversa, Konor Makgregor ham shu ishni takrorlagan. 

Valentinaning mutaxassisligi rejissyorlik sanaladi. U Byubusari Beyshenalieva nomidagi Qirg'iziston davlat madaniyat va sanat universitetining rejissyorlik va operatorlik yo'nalishini tamomlagan. Keyinchalik oliygohning faxriy professori unvoniga loyiq ko'rildi. Universitetni tamomlagach, maxsus talim SHevchenkoga Gollivud aktrisasi, Oskar sovrindori Xelli Berrining  "Bruised" filmini suratga olishda rejjisyorlik qilishiga yordam berdi. SHuningdek, sportchi kinoda bosh qahramonning asosiy raqibi rolini ham ijro etgan. 

CHempionlikdan ayrilish

Valentinaning shu kungacha erishgan eng muhim yutuqlaridan biri bu uning engil vazn toifasida UFC chempionligidir. U 2022 yilda Singapurda Tayla Santosni mag'lub etib, 7-marta o'z chempionligini himoya qildi. Mutaxassislar ushbu qarama-qarshilikni qirg'izistonlik uchun eng raqobatbardosh jang deb atagan edi. O'tgan yili SHevchenko Grassoga qarshi duelda imkoniyatni boy berib, kamaridan mahrum bo'lgandi. 

Umuman bo'lmaydigan jang

Yana bir qiziq fakt shuki, Valentina va Antonina SHevchenkolar UFC tarixidagi birinchi opa-singillardir. Muxlislar va jurnalistlar, agar promoshuen qizlardan bir-biriga qarshi oktagonga kirishni so'rasa, nima qilishlari haqida bir necha marotaba savol berishgan. Ikkalasi ham bunday savollarga ikkilanmasdan, bu voqelik hech qachon sodir bo'lmasligini aytadi.

Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing