13 sen 14:43
Yangiliklar
Gran-Pri. Taekvondochimiz Olimpiada chempionini mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi
Musobaqaning ilk kunida hamyurtimiz Svetlana Osipova janglarni boshladi.
Osipova chorakfinalda 2012 yil Londonda o'tgan Olimpiada o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritgan serbiyalik Milica Mandichga qarshi dayanga chiqdi. Bugungi kunda Olimpiada reytingida 6-o'rinda borayotgan Mandichga qarshi jang juda ham qiziqarli kechdi. So'nggi soniyalarda hisob 4:4 edi, bahs tugashiga 1 soniya qolganida hamyurtimiz bir ochko qo'lga kiritib yarim final yo'llanmasiga ega chiqdi!
Uning yarim finaldagi raqibasi 2016 yilgi Olimpiada chempioni xitoylik Zeng SHuyin bo'ladi.
Malumot uchun, Osipova 1/16 finalda serbiyalik Ana Tepavacni (4:0), 1/8 finalda meksikalik Briseida Akostani (20:6) mag'lub etgandi.
Eslatib o'tamiz, Nigora Tursunqulova 14 sentyabr, Nikita Rafalovich 15 sentyabr kuni musobaqada ishtirok etishadi.
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar