07 apr 08:52
Yangiliklar
Dzyudo
Gran-Prining so'nggi kuni: Bugun 3 nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi
Bugun Turkiyaning Antalya shahrida davom etayotgan dzyudo bo'yicha Gran-pri musobaqasida oxirgi kun bahslari bo'lib o'tadi.
Og'ir vaznli sportchilar o'rtasida kechadigan bugungi kun doirasidagi bellashuvlarda 3 nafar dzyudochimiz g'oliblik uchun kurashadilar. Quraga ko'ra, ularning dastlabki raqiblari bilan tanishing:
-90 kg: SHahzod Sobirov – Mikoil O'zerler (Turkiya) / Gustavo Assis (Braziliya)
-100 kg: Aloviddin Jo'raqulov – Elmar Gasimov (Ozarbayjon)
+100 kg: Alisher Yusupov – Rustam Kocoiev (Ozarbayjon)
Eslatib o'tamiz, bu musobaqada Kemran Nurillaev (-60 kg) terma jamoamiz hisobiga olib kelgan kumush medal hozircha yagonaligini saqlab turibdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar