08 mar 11:40
Yangiliklar
Dzyudo

Grand Prix Upper Austria 2025. Bugun ham ikki dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Bugun Avstriyaning Linc shahrida o'tkazilayotgan dzyudo bo'yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi turnirning ikkinchi kungi bellashuvlariga guvoh bo'lamiz.
Bugungi kun dasturidan o'rin olgan o'rta vazn toifasi vakillari ishtirokidagi bahslarda ikki dzyudochimiz - Mardon Ravshanov va Murodjon Yo'ldoshev tatamiga chiqadi.
Takidlash joiz, Murodjon Yo'ldoshev o'zi uchun yangi -81 kg vaznda omadini sinab ko'radi. O'tgan yili Olimpiadadan keyin -81 kg vaznda birinchi raqamli dzyudochimiz SHarofiddin Boltaboev faoliyatini yakunlab, murabbiylik karerasini boshlagandi.
Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-73 kg: Mardon Ravshanov - Xristos Dimitriadi (Kipr)
-81 kg: Murodjon Yo'ldoshev - Ivans Mixalovs (Latviya)
Grand Prix Upper Austria 2025 turnirining ikkinchi kungi saralash bellashuvlari bizning vaqt bilan soat 13:30da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar