19 iyu 15:38
Yangiliklar
Tennis
Grikspur bosh sovrinni o'z vatanida olib qoldi
Niderlandiyaning Xertogenbos shahrida tennis bo'yicha ATP 250 toifasiga kiruvchi turnir yakuniga etdi.
Uning hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 38-raketkasi bo'lib turgan niderlandiyalik Tallon Grikspur ATP reytingida 103-pog'onada joylashgan avstraliyalik Jordan Tompsonni 6/7(4), 7/6(3), 6/3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 1:1. Ikki soatu 37 daqiqa davom etgan bahsda Grikspur 9, Tompson 12 ta eys zarbani amalga oshirdi. Bu Grikspurning faoliyatidagi ikkinchi sovrini bo'ldi.
O'z vatanidagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 250 reyting ochkosi va 102,460 evro mukofot puli keltirdi. Tompson esa bir haftalik mehnatidan 150 ochko va 59,760 evro ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar