05 noy 10:04
Yangiliklar
Gruziya terma jamoasi Toshkentga etib keldi
Ushbu yig'inda yurtimiz dzyudochilari bilan birga Gruziya, Franciya, Qirg'iziston va Misr terma jamoalari azolari ishtirok etadi. Bugun tong saharda Gruziya terma jamoasining uch nafar dzyudochisi - Lukxumi CHkvimiani, Varlan Liparteliani va Levani Matiashvili poytaxtimizga etib keldi.
Avvalroq, Guram Tushishvili va Zebeda Rexviashvili Toshkentga kelib, hatto mashg'ulotga o'tkazishga ham ulgurishgandi. SHuningdek, Gruziya delagaciyasi tarkibida Ambako Avaliani, Avtandil Telia (ikkisi ham murabbiy), Avtandil Kobaxidze (shifokor) ham bor.
Eslatib o'tamiz, Toshkentga kelgan Gruziya terma jamoasining 5 azosidan 4 nafari hozirda Tokio Olimpiadasi reytingining yo'llanmalar zonasida bormoqda.
Gruziya terma jamoasi tarkibi:
-60 kg: Lukxumi CHkvimiani (reytingdagi o'rni 9, 3586 ochko)
-81 kg: Zebeda Rexviashvili (reytingdagi o'rni 98, 323 ochko)
-100 kg: Varlan Liparteliani (reytingdagi o'rni 5, 4796 ochko)
+100 kg: Guram Tushishvili (reytingdagi o'rni 4, 5125 ochko)
+100 kg: Levani Matiashvili (reytingdagi o'rni 23, 2038 ochko)
Fikrlar