03 dek 17:13
Yangiliklar
Dzyudo

Gruziya terma jamoasi yana Toshkentga keldi
Dzyudo bo'yicha Gruziya terma jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazish maqsadida poytaxtimizga etib keldi.
Xabaringiz bor, uch hafta avval Toshkentda besh davlat terma jamoalari ishtirokida xalqaro mashg'ulot tashkil etilgandi. Ikki haftalik mashg'ulotlarda dzyudochilarimizdan tashqari, Gruziya, Misr, Qirg'iziston va Franciya terma jamoalari ham qatnashgan edi.
Bugun kuchli tarkibga ega Gruziya terma jamoasi delegaciyasi ikkinchi xalqaro mashg'ulotda ishtirok etish uchun yurtimizga etib keldi. Tarkibdan jahon chempioni Lukxumi CHkvimiani, Varlam Liparteliani singari mashhur dzyudochilar joy olgan.
Gruziya terma jamoasi tarkibi:
Giorgi Beyndurashvili
Ushangi Margiani
Lukxumi CHkvimiani
Levano Matiashvili
Avtandil Kobaxidze
Avtandil Telia
Varlam Liparteliani
Avtandili Tchrikishvili
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar