24 avg 09:49
Yangiliklar
Eshkak eshish
Guliev, Fayzieva va Zokirova jahon chempionati final bosqichida
Duysburgda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha jahon chempionatining birinchi kungi bahslari ortda qoldi.
Unda ishtirok etgan kanoechimiz Artur Guliev 200 metrga kechgan bahsda o'z guruhida birinchi bo'lib A finaliga yo'l oldi. SHuningdek, Gulbahor Fayzieva va Nilufar Zokirova juftligi ham ushbu masofada kechgan saralashdan muvaffaqiyatli o'tib, A finalida ishtirok etadigan bo'ldi.
500 metr masofada o'tkazilgan bahslarda yurtdoshlarimiz to'g'ridan-to'g'ri A finaliga yo'l olisholmadi. Fayzieva/Zokirova dueti, shuningdek, Ekaterina SHubina, Yuliya Borzova, Arina Tanatmisheva hamda Kamila Malaxovadan iborat baydarkachi qizlarimiz kvarteti yarim final orqali medallar uchun kurashni davom ettiradigan bo'lishdi.
Ushbu dasturlardagi barcha poygalar 25 avgust sanasiga belgilangan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar