So’nggi yangiliklar

18:17Двалишвили Пётр Ян билан учинчи жанг қачон бўлишини айтди 0 17:42Дана Уайт Оқ уй турнири сиёсийлаштирилгани ҳақидаги гапларга муносабат билдирди 0 17:17"Бавария" "Барселона" футболчисини ўз сафига қўшиб олишни мақсад қилди 0 16:40Чарльз Оливейра Топурия — Гэтжи жангига тахмин берди 0 16:16Конор Макгрегорнинг навбатдаги жанги санасини очиқланди 0 15:40Мераб Двалишвили Пётр Ян билан реваншдан воз кечиш тавсия қилинганини айтди 0 15:14"Реал" ҳимоячиси "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин 0 14:39Мэнни Пакьяо Мейвезер — Кроуфорд эҳтимолий жангида ким ютишини айтди 0 14:17"Бу менинг тақдирим". Пимблетт — UFC чемпионлиги ҳақида гапирди 0 13:51"Онам мени ўлдиради. Аммо 10 миллион доллар учун тайёрман". Гэтжи — BKFC’да жанг қилиш ҳақида 0 13:25"Реал" Жозе Моуринью бўйича қарор қабул қилди 0 13:02"У билан Осиё ўйинларида учрашамиз". Қозоғистонлик боксчи Абдумалик Халоков ҳақида гапирди 0 12:39Хоккей. Ўзбекистон бугун гуруҳдаги сўнгги ўйинини ўтказади 1 12:18"Бу хато эди". Двалишвили нега Янга қарши реваншга тайёр эмаслигини тушунтирди 0 11:57"Бавария" футболчиси жароҳат сабаб узоқ муддат майдондан четда қолади 0

21 mar 17:02
Yangiliklar

Gimnastika

Gulistonda gimnastika sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi foydalanishga topshirildi

Navro'z umumxalq bayrami arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida manzilli dastur asosida 24x48 m o'lchamli, kuniga 420 nafar sportchi shug'ullanish imkoniga ega zamonaviy universal sport zali foydalanishga topshirildi.

Mazkur obekt qurilishi uchun 4 milliard 30,0 million so'm sarflandi, sport inshooti 187,6 mln so'mlik sport anjomlari va inventarlari bilan taminlandi. Endi sirdaryolik yoshlar gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi tasarrufidagi mazkur majmuada badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, batutda sakrash, sport akrobatikasi, aerobika kabi sport turlari bilan shug'ullanishlari mumkin.

 

Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi universal zalining ochilish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiev, Sirdaryo viloyati hokimi G'.Mirzaev, O'zbekiston gimnastika federaciyasi birinchi vice-prezidenti Ruslan Mustaev, trampolin bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, Olimpiya o'yinlari sovrindori Ekaterina Xilko va boshqalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida Osiyo o'yinlari kumush medali sohibi Sabina Toshkenboeva, o'smirlar Olimpiya o'yinlari qatnashchisi, Osiyo chempioni Anora Davlatova singari taniqli sportchilar Sirdaryolik yosh sportchilarga mahorat darsi o'tib berishdi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiev sirdaryoliklarni qo'shaloq bayram – Navro'z ayyomi hamda ko'rkam, zamonaviy sport majmuasining ochilish marosimi bilan qutlarkan, jumladan, shunday dedi:

– Mamlakatimiz rahbarining Sirdaryoga tashrifidan so'ng, viloyat sporti yangi o'zgarishlar, yanada yuqori ko'rsatkichlar sari yuz tutdi. Mazkur zamonaviy majmuaning foydalanishga topshirilishi ham ushbu jarayonning bir bo'lagidir. Sirdaryo zamini yurtimizga juda ko'p istedodlarni tarbiyalab bergan. Endi mana shu gimnastika turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabidan ham Vatanimiz shanini jahon maydonlarida munosib himoya qiladigan o'g'il-qizlar etishib chiqishiga shubha yo'q.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing